Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim yordamchilari faoliyati doimo e’tiborda
13:37 / 2023-01-23

Toshkent viloyati hokimligida 2022 yil davomida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlili, muammolar, kamchiliklar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan tahliliy-tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi. Unga viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Fayziyev raislik qildi.

Yig‘ilishda bir qator masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, hokim yordamchilarini viloyat hokimi roziligi bilan lavozimidan ozod qilish qat’iy belgilab qo‘yilgan bo‘lsada, joylarda o‘zboshimchalik bilan ularni lavozimidan ozod qilish holatlari uchrayotgani tanqid qilindi. Angren shahridagi "Dorilfunun", Qibray tumanidagi "Taraqqiy", Piskent tumanidagi "Taraqqiyot" va Yangiyo‘l tumanidagi "Sho‘ralisoy" mahallasidagi hokim yordamchilari shu yo‘sinda ishdan bo‘shatilgan. Shuningdek, viloyat bo‘yicha ish faoliyatida yuqori natijalar ko‘rsatgan 21 nafar hokim yordamchilarini yuqori lavozimlarga tayinlash choralarini ko‘rish belgilab olindi. 90 balldan yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan hokim yordamchilari rag‘batlantirilmoqda.  

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkin, viloyatdagi 1022 ta mahalladagi hokim yordamchilari ko‘magida 250 ming 900 ga yaqin ish o‘rinlari yaratildi. 22 ming 339 ta yakka, 7 ming 85 ta yuridik tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi. Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasidagi tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 30 ming 242 ta loyihaga 788,6 milliard so‘m kredit ajratildi. Aholini tadbirkorlikka jalb qilish, ularga mehnat qurollari va asbob-uskunalari olib berish bo‘yicha fuqarolarga 36 milliard so‘mlik subsidiya tavsiyanomalari berildi.  

Viloyat hududida bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish maqsadida 23 ming 142 gektar yer maydoni auksion natijasiga ko‘ra ajratildi.  

A.Musayev,  

O‘zA.