Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim yordamchilari chet elda ish topolmay uyiga qaytgan fuqarolarga va muammosi bor oilalarga ko‘mak berdi
15:03 / 2022-07-21

Xorazm viloyati Bog‘ot tumani hokimi o‘rinbosari S.Qurbonov hamda Respublikadan tumanga biriktirilgan vakil Q.Madirimov tomonidan Yosh o‘smir, To‘pchi mahallalarida hokim yordamchilarining faoliyati o‘rganib chiqildi.

Qayd etilishicha,  To‘pchi mahallasida Rossiyadan qaytib, dehqonchilik bilan shug‘ullanish istagida yurgan fuqarolarga hokim yordamchisi X.Olloyorov ko‘magi bilan 0,15 sotixdan yer maydoni ajratib berildi.   

Fuqarolarning so‘zlariga ko‘ra, ular o‘zlariga ajratilgan yer maydonida kartoshka, sabzi mahsulotlarini yetishtirib, yil oxiriga qadar o‘rtacha 35-40 million so‘m miqdorida daromad olishni maqsad qilishgan.  

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, Xorazm viloyati hokimligining 2022 yil 10 yanvardagi   farmoyishi bilan viloyatdagi 526 ta mahallada hokim yordamchilari tayinlangan.  Xorazm viloyati hokimligi matbuot  xizmati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hokim yordamchilari mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bilan shug‘ullanib kelishmoqda. Hokim yordamchilarining oylik ish haqi miqdorlari va ularga yaratilgan shart-sharoitlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2021 yil 3 dekabrdagi   “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘rsatib o‘tilgan tartibda belgilangan.  

Shuningdek, hokim yordamchilarining faoliyati samaradorligini baholash tizimi joriy etilgan va  yuqori natijalarga erishgan hokim yordamchilari Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilishi rejalashtirilgan.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA