French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim yordamchilari bilim va malakasini oshirdi
19:37 / 2022-02-08

Andijon viloyati Buloqboshi tumanida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman hokimi yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish, ularning bilim va malakasini oshirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimizning 2021 yil 3 dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori asosida Buloqboshi tumanidagi 37 ta mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchilari ish boshladi.

Ular tomonidan qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, xususan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, sektor rahbarlari bilan birgalikda mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash, xonadonbay asosida mahalladagi haqiqiy ijtimoiy vaziyatni aniqlash, mahallaning «o‘sish nuqtasi» dan kelib chiqib, taklif etilayotgan yangi loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashish, aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish hamda ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Seminarda hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish, ularning aholi bilan ishlash borasidagi tajriba va malakalarini boyitish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

– Seminar faoliyatimizga oid ko‘p narsalarni o‘rganish imkonini berdi, – deydi tumandagi Neftchilar mahalla fuqarolar yig‘inida ish yuritayotgan Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi Lena Xaybullayeva. – O‘rganganlarimiz kelgusi faoliyatimizni yanada samarali olib borishda albatta, yordam beradi.

Shuningdek, seminarda «Mahalla» xayriya jamoat fondi Buloqboshi tuman bo‘linmasi mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 apreldagi farmoyishi bilan tashkil etilgan «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi mablag‘larini maqsadli va manzilli sarflash bo‘yicha ma’lumot va tushunchalar berildi.

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA.