Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim yangi loyiha qurilishi bilan tanishdi
12:45 / 2023-12-22

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi ishchi guruhi Buxoro tumanidagi “Milmaxtrade” MCHJ faoliyatini o‘rgandi. Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirilgan tumanlardan biri sifatida Buxoro tumanida yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va eksportga yo‘naltirishda duch kelinayotgan muammolarga e’tibor qaratildi.

Bu yerda 20 gektarli issiqxona, 3 ming tonnadan ziyod mahsulotni saqlash quvvatiga ega muzlatgich – omborxona qurish hamda 6 ming tonna mahsulotni quritish va saqlash, qayta ishlash va qadoqlashga ixtisoslashgan zavod barpo etish ishlari nihoyasiga yetmoqda.  

Umumiy qiymati 27 million AQSH dollariga teng ushbu loyihaning amalga oshishi uchun 36 gektar yer maydoni ajratilgan. Ayni damda muzlatgich – omborxona qurilishi tugallanib, u Xitoy va Ispaniya texnologiyasi asosida jihozlanmoqda.  

Zarif Komilov,

O‘zA muxbiri