Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim xorijdagi yoshlar bilan onlayn suhbatlashdi
09:21 / 2024-10-24

Surxondaryo viloyatida tuman hokimlari ishlash va o‘qish uchun xorijga ketgan yoshlar bilan onlayn muloqot qilmoqda.

Bu masalaga Sho‘rchi tumani hokimi Akbarali Ishmurzoyev andak boshqacharoq yondashib, dastlab chet elda o‘qish yoki ishlash uchun ketgan yoshlarning xonadonlarida bo‘ldi. Ularning oila a’zolari bilan suhbatlashib, xonadonlardagi muammolar bilan qiziqdi. Shundan so‘ng tuman rahbari Angliya, Shveysariya, Janubiy Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya va boshqa davlatlarda migratsiyada yurgan yoshlar ishtirokida onlayn muloqot o‘tkazdi.  

Ochiq va samimiy muloqotda 185 nafar sho‘rchilik yosh ishtirok etdi. Akbarali Ishmurzoyev ularga tumanda yuz berayotgan o‘zgarish va yangilanishlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. 16 yo‘nalishda bakalavr va uchta yo‘nalishda magistr mutaxassislarni tayyorlaydigan tumanning Oqkamar mahallasida yaqinda ish boshlagan Navoiy innovatsiyalar universiteti, joylarda yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari to‘g‘risida fikr almashdi. Yoshlar xorijdagi hayoti, mehnat faoliyati va kelgusidagi rejalari haqida so‘zlab berdi. Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan takliflar bildirildi.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda Sho‘rchi tumanidan dunyoning turli davlatlariga o‘qish va ishlash uchun ketgan 3 ming 292 nafar yosh xorijda yashamoqda.  

Xolmo‘min Mamatrayimov,  

O‘zA muxbiri