Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim va hokim o‘rinbosarlari faoliyati KPI tizimida baholandi
10:12 / 2021-09-14

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyati filiali tashabbusi bilan

“Eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari, ya’ni “KPI”  tizimi asosida mahalliy hokimliklarda hokim va hokim o‘rinbosarlari faoliyatini baholash mexanizmi, shuningdek sektorlar faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha joriy etilgan reyting tizimi” mavzusida seminar-yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

ZOOM platformasi shaklida tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosarlari, tuman va shahar hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari hamda investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshliqlari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda barcha tuman, shaharlar hokimlari va ularning o‘rinbosarlarini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida muntazam baholab borish, natijasi bo‘yicha ularni lavozimga qo‘yish yoki lavozimidan ozod etishda eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari natijasini inobatga olish tajribasi yo‘lga qo‘yilmoqda.  

Yurtimizda zamonaviy davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish davlat boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishda asosiy vazifa bo‘lib, ushbu tizimdagi davlat xizmatchilarining samarali faoliyat olib borishi davlat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, qarorlar va dasturlarning sifatli amalga oshirilishiga bog‘liqdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va uning hududiy filiallari tomonidan sohada qator islohotlar amalga oshirilib kelinayotganini ham ta’kidlab o‘tish joiz.  

Xususan, sohada davlat organlari va tashkilotlarida boshqaruvning innovatsion usullarini, ayniqsa O‘zbekiston sharoitida qo‘llash mumkin bo‘lgan ilg‘or horijiy tajribalarni amaliyotga keng joriy etish, sohadagi kadrlarning sifat tahlilini o‘tkazgan holda ularning kasbiy salohiyatini aniqlash asosiy ustuvor vazifa sifatida belgilab olingan.  

Ana shu vazifani bajarish maqsadida rerspublikamizdagi barcha tuman-shahar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari uchun jami 72 ta eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari ishlab chiqilib, ularning faoliyati baholanishi amaliyotga joriy etilgan. bugungi kunda natijalar davriy ravishda tahlil qilinib, natijadorlik va samaradorlik ko‘lamini kengaytirish hamda ular faoliyatiga aniq o‘lchov indikatorlari bilan xolis baholash ishlari olib  borilmoqda.

ZOOM platformasi shaklida tashkil etilgan seminar ishtirokchilariga agentlikning viloyat filiali rahbari o‘rinbosari Bahrom Yaxshiboyev, eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari, ya’ni KPI tizimi mazmun-mohiyati, ushbu tizimni joriy etish mexanizmi, tamoyillari va afzalliklari, tizimni joriy etishdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar, istiqboldagi rejalar yuzasidan batafsil tushuncha berdi.  

Shuningdek, seminarda mahalliy hokimliklarda hokim va hokim o‘rinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida  baholash yuzasidan 2021 yilning 6 oylik natijalari e’lon qilindi. Baholash natijalariga ko‘ra mavjud 77 nafar hokim o‘rinbosarlarining 33 nafari yoki 42,8 foizi ijobiy, 27 nafari ya’ni 35 foizi o‘rta natija ko‘rsatgan bo‘lsa, 17 nafari yoki 22 foizi qoniqarsiz natija ko‘rsatdi.

Shu o‘rinda, Jizzax viloyat hokimining 2021 yil 7 sentyabrdagi qaroriga muvofiq baholash natijalariga ko‘ra ijobiy natija qayd etgan har bir yo‘nalishdan 2 nafardan jami 12  nafar hokim o‘rinbosarlari bir oylik lavozim maoshi miqdorda mukofotlanganlarini alohida ta’kidlab o‘tish joiz. Bu esa rahbar xodimlarning kelgusi ish samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga xizmat qiladi va ularning tajribasi boshqa hududlarda ham keng ommalashtirilishini ta’minlaydi.  

Aksincha, baholash natijalariga ko‘ra 17 nafar qoniqarsiz natija ko‘rsatgan rahbar xodimlar kelgusida keskin intizomiy choralar ko‘rilishi, lavozimga loyiqligi ko‘rib chiqilishi to‘g‘risida qat’iy ogohlantirildi va kelgusida natijalarini ijobiy tomonga o‘zgartirish bo‘yicha nimalarga e’tibor berilishi lozimligi yuzasidan “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish topshirig‘i berildi.  

Baholash natijalar(grafikda aks ettirilgan)i bo‘yicha Paxtakor, Zarbdor va  Do‘stlik tumanlari yuqori natija ko‘rsatgan bo‘lsa, Jizzax shahar, Arnasoy va Zafarobod tumanlari eng past ko‘rsatkichni qayd etdi.

Hokim o‘rinbosarlarida tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari eng yaxshi natija qayd etgan  va  shu o‘rinda ular orasida qoniqarsiz ko‘rsatkich qayt etganlari yo‘qligi quvonarli hol ekanini ham alohida ta’kidlab o‘tish lozim.  

Seminar davomida ishtirokchilarga agentlik mutaxassislari tomonidan Prezidentimizning joriy yil 24 avgustdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari o‘rinbosarlarining ularga yuklangan vazifalarni bajarishda shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 23 avgustdagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlarining mazmun-mohiyati ham atroflicha tushuntirildi.

Shuningdek, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari va mutasaddi tashkilot rahbarlariga 2021 yilning 6 oylik reyting natijalaridan kelib chiqib, ustuvor yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi.  

Agentlikning viloyat filiali tomonidan “Eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari, ya’ni “KPI”  tizimi asosida mahalliy hokimliklarda hokim va hokim o‘rinbosarlari faoliyatini baholash mexanizmi, shuningdek sektorlar faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha joriy etilgan reyting tizimi” mavzusidagi seminar yig‘ilishlar hududlarda ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.  

 

A.QAYUMOV,  

J.YORBEKOV (suratlar) O‘zA