Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim tashabbusi: fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi
19:35 / 2022-01-03

Ertamiz egalarini ilm-ma’rifatga undash, ularning intellektual salohiyatini oshirish, umumta’lim fanlarini chuqur va mukammal o‘rganishga rag‘batlantirish maqsadida Namangan shahar hokimi tashabbusi bilan maktab o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadasi tashkil etish yo‘lga qo‘yildi.

Olimpiada to‘rtta fan bo‘yicha o‘tkazilib, unda o‘quvchilar har oyda bitta fan bo‘yicha intellektlar bellashuviga kirishadi. Hokim sovrini uchun start olgan ushbu olimpiada dastavval matematika fani bo‘yicha o‘tkazildi. Unda viloyat markazidagi mavjud umumta’lim maktablarining yuqori sinf (9, 10, 11) o‘quvchilari qamrab olindi.

Shahardagi barcha umumta’lim maktablarining 153 nafar yuqori sinf o‘quvchisi o‘ziga xos iqtidor borasida bahslashgan olimpiada natijalariga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tantanali taqdirlash marosimida, fan olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan uch nafar o‘quvchining har biriga noutbuk taqdim qilindi. Ikkinchi o‘rinni egallagan uch nafar o‘quvchining har biri zamonaviy planshetlar va uchinchi o‘rin sohiblariga smartfonlar topshirildi.

Olimpiadada yuqori o‘rinlarga sazovor bo‘lgan o‘quvchilarning o‘qituvchilari ham rag‘batlantirildi. Ularning har biriga 3 million so‘m miqdorida pul mukofoti berildi. Ishtirokchilarning barchasi Namangan shahar hokimligi tomonidan kitoblar to‘plami va Yangi yil sovg‘alari sohibi bo‘ldi.

Tadbirda kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA