French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim tashabbusi bilan shahar gazetasi qayta tiklandi
16:21 / 2022-11-06

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrining yarim asrdan ziyod tarixiga ega, ko‘hna Mirzacho‘lni gulistonga aylantirganlar haqida solnoma vazifasini o‘tagan "Yangiyer tongi" gazetasining faoliyati bir necha yildan buyon to‘xtab qolgan edi.

Yangiyer shahar hokimi Otabek Nosirov tashabbusi va qo‘llab-quvvatlashi bilan shahar gazetasi "Yangiyer hayoti" nomi ostida qaytadan  chop etilmoqda. Bu nafaqat Yangiyerliklar, balki viloyatning ma’naviy hayotida ham muhim va quvonchli voqea bo‘ldi.  

Adadi ming nusxada, rangli tasvirlarda chop etilayotgan gazeta sahifalarida yoritib borilayotgan dolzarb mavzular, tahliliy maqolalar mushtariylarning  e’tibori va e’tirofini qozonib yaxshilikka, ezgulikka xizmat qilishi, nur va ziyo ulashishiga ishonamiz.  

Sh. Suyarov, O‘zA.