Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim tashabbusi bilan qorako‘llik bitiruvchilar ishli bo‘ldi
16:46 / 2023-06-08

Qorako‘l tumani hokimi Xurshid Tohirov Buxoro davlat universiteti hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida o‘qiyotgan qorako‘llik bitiruvchilar bilan uchrashdi.

Tadbirda tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari hamda yigirmaga yaqin korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Talaba yoshlar bilan muloqot davomida mamlakatimizda keyingi yillarda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z iqtidor va salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganligi, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan oliy o‘quv yurtlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ilmiy salohiyatini yuksaltirish, ta’lim sifatini xalqaro andozalar darajasiga ko‘tarish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganligi ta’kidlandi.

Uchrashuvlarda qorako‘llik bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash, bu boradagi mavjud imkoniyatlar, joriy o‘quv yilida viloyatda mavjud 5 oliy ta’lim muassasalarini tamomlayotgan 469 nafar tuman yoshlarini o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlash masalalari atroflicha muhokama etildi.

Ochiq, samimiy tarzda o‘tgan muloqot davomida tuman hokimi bitiruvchi yoshlarni qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob berdi.

Tadbirlar doirasida 40 nafarga yaqin talabalar shu yerning o‘zida tumandagi umumta’lim maktablari, tibbiyot muassasalari hamda bir qator xizmat ko‘rsatish korxonalariga ishga qabul qilish bo‘yicha shartnomani imzoladi.

Jumladan, bitiruvchi yoshlardan Mavluda Hamdamova boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida 32-,  Dadaxon Ochilov informatika fani bo‘yicha 24-, Mashhura Salimova matematika bo‘yicha 45-, Jahongir Hazratov 47-umumta’lim maktablariga ishga taklif etildi.

Uchrashuvdan so‘ng Qorako‘l tumani hokimi Xurshid Tohirov Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rahbariyati hamrohligida institutning yangi binosida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Zarif Komilov, O‘zA