French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim so‘zining ustidan chiqdi (+video)
14:18 / 2025-08-25

Yod yetishmovchiligi oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan mahalla yettiliklari va shifokorlar bilan bo‘lgan maslahatlashuv chog‘ida Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov qon tahlilini o‘tkazuvchi noyob tibbiy jihoz –“IHLA maglumi”ni ichki imkoniyatlardan kelib chiqib sotib olishga va’da bergan edi.

Ha endi bitta tibbiy texnik vosita bilan ta’minlasa ta’minlabdida hokimlik, deyishga shoshmang.

Birinchidan, yod yetishmasligi aholida jiddiy muammolar keltirib chiqarmoqda.

– Yod yetishmovchiligi asosan yosh bolalar, o‘smirlarda jismoniy, aqliy, ruhiy zaiflashuvga olib keladi, – deydi Respublika ixtisoslashtirilgan endikrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali rahbari Ozodbek Mavlonov. – Yoshi kattalarda esa fikrlash, qaror qabul qilish qobiliyatlarining pasayishi, ishda faollikning susayishi va oshqozon hazm qilish funksiyasining ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Hamda insonda ruhiy charchash ro‘y beradi.

Ikkinchidan, bu tibbiy apparat anchagina qimmat va kamyob. Masalan, u Farg‘ona viloyatida bitta edi. Endi Qo‘qon shahridagi ko‘p tarmoqli oilaviy poliklinikaga ham keltirib o‘rnatildi va shahar aholisiga navbat bilan uzluksiz xizmat ko‘rsata boshladi.

– Bu “IHLA maglumi” apparatimizda yuzdan ortiq garmonlarni,  A, B, C, D gepatit turlarini aniqlash mumkin, – deydi oliy toifali laborant–shifokor Qahramon Xoliqov. – Ilgari, “IHLA maglumi” yo‘qligida bemorlarni viloyat markaziga yuborar edik. Endi bu tahlillar Qo‘qonning o‘zida amalga oshirilyapti. Biz shu oyning o‘zida 300 dan ziyod bemorda qon tahlillarini o‘tkazib, endikrinolog shifokorlarga topshirdik.

Ha, hokim so‘zining ustidan chiqdi.  

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/dbVz0zXjRDI" title="Hokim so‘zining ustidan chiqdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (surat, video), O‘zA