Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Hokim sovrini” olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi
16:22 / 2026-02-19

Har bir mehnat rag‘bat topgani bilan go‘zallashadi. Ayniqsa, ilm kishilari hamisha e’tiborga munosib. Shu maqsadda yurtimiz bo‘ylab qator ilmiy ko‘rik-tanlovlar, olimpiadalar tashkil etilib, g‘oliblar munosib taqdirlanmoqda.

Ana shunday tashabbuslarning mantiqiy davomi o‘laroq, Toshkent shahar hokimligi, Xalqaro Nordik universiteti hamda IDS ta’lim markazi hamkorligida matematika va fizika fanlari o‘qituvchilari o‘rtasida “Hokim sovrini” olimpiadasi o‘tkazildi.

Qizg‘in tarzda kechgan bellashuvlar natijasiga ko‘ra g‘oliblar aniqlandi.

Sovrindorlarni taqdirlash marosimida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova, Xalqaro Nordik universiteti rektori Sherzod Mustafoqulov hamda Finlyandiyaning O‘zbekistondagi faxriy konsuli Alisher Jo‘rayev ishtirok etdi.

Har bir fan bo‘yicha eng yuqori natijalarni qayd etgan o‘qituvchilarga g‘oliblik sertifikatlari hamda Finlyandiya va Shvetsiyadagi amaliyot dasturlarida ishtirok etish vaucherlari topshirildi.

Tadbir so‘ngida “Toshkent tajribasi” loyihasiga jalb qilingan maktablarga ta’lim jarayonini yanada samarali va zamonaviy talablarga mos tarzda tashkil etish uchun zarur o‘quv jihozlari taqdim etilgani mutaxassislarni behad mamnun qildi.

Sherbek Islomov, O‘zA