Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashdi
17:15 / 2026-01-13

Andijon shahar hokimi Elyorbek Karimov og‘ir toifadagi, otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashib, muloqot o‘tkazdi.

Probatsiya tizimi vakillari, hayotda o‘z o‘rnini topa olmayotgan, turli illatlar ta’siriga tushib qolgan yoshlar ishtirok etgan uchrashuv-muloqotda mamlakatimizda yoshlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, muammolarini o‘rganish, hal etish, ayniqsa, bandligini ta’minlash, ularning faolligini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda shahar hokimi probatsiya xodimlari ishtirokida og‘ir toifadagi yoshlar bilan alohida suhbatlashib, ularning muammo va takliflarini eshitdi. 

Muloqot davomida yoshlar bildirgan aksariyat muammolar shu joyning o‘zida hal etildi. Hal etilishi ma’lum vaqt va o‘rganish talab etadigan masalalar ijrosi nazoratga olindi. 

Hokim qaysi toifaga mansub bo‘lishidan qat’iy nazar yurtimizdagi har bir yigit-qiz davlatimiz himoyasida ekanligi, ularning kasb-hunar o‘rganishi, ishga joylashishi, umuman, hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun zarur yordam ko‘rsatilishini ta’kidladi. 

Uchrashuv  og‘ir toifadagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, hayotda, jamiyatda munosib o‘rin  topishlariga yordam berdi. 

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (foto), O‘zA muxbirlari