Farg‘ona viloyatida sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Buning sabablaridan biri viloyatga kirib kelayotgan horijiy investitsiya va eksport miqdorining ortib borayotganidadir. O‘tgan 2025 yilda Farg‘ona viloyatida jami 3,7 mlrd.dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirildi. Bu 2024 yilga nisbatan 1,7 marta ko‘pdir. Asosiy investor Xitoy (uning hissasiga 1mlrd 539 mln.dollar to‘g‘ri keladi). Rossiya 360, Turkiya 255 mln. dollarga teng investitsiya kiritdi viloyatga.
Eksport ham o‘sib, 1mlrd 97 mln dollarni tashkil etdi. Uning asosiy qismi – 444 mln.dollarligi Rossiyaga, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Turkiya kabi davlatlarga esa 74-50 mln dollarlik Farg‘onada ishlab chiqarilgan mahsulot eksport qilindi.


Farg‘ona viloyat hokimi o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov bugun OAV vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda 2025 yil yakunlari va 2026 yil rejalari haqida ma’lumot berdi. Ma’lum qilinishicha, iqtisodiy o‘sish: investitsiya, eksport, xalqaro aloqalar va hamkorlik 2026 yilda ham davom etishi kutilmoqda. Masalan, bu yil xorijiy investitsiya miqdorini 4,2 mlrd dollarga yetkazish, eksportni esa 1,3 mlrd dollardan oshirish rejalashtirilgan.
Matbuot anjumanida hokim o‘rinbosari jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/w4ERhFEaPkM" title="Hokim o‘rinbosari jurnalistlarning savollariga javob qaytardi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov(video, surat), O‘zA