French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim o‘rinbosari 20 ming dollar bilan ushlandi
19:15 / 2025-08-19

Forish tumani hokimi o‘rinbosari 20 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi. U 204 gektar sug‘oriladigan yer maydonini hokimlik zaxirasiga qaytarmaslik va tadbirkorning foydalanishini kafolatlash uchun 30 ming dollar talab qilgan.

Poraning 20 ming dollarini xizmat avtomashinasida olgan paytida DXX xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov davom etmoqda.

A. Qayumov, O‘zA muxbiri