Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim “Nobel” muqobili–“Guzi” mukofoti sovrindori bilan uchrashdi
19:41 / 2019-10-24

Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov ilk bora oʻzbekistondan “Guzi” mukofoti sovrindori deb topilgan eldoshimiz Bobur Egamberganov bilan uchrashdi.


Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov ilk bora oʻzbekistondan “Guzi” mukofoti sovrindori deb topilgan eldoshimiz Bobur Egamberganov bilan uchrashdi.

Bobur Egamberganov yoshlarni ijodiy va intellektual qobiliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha gʻolib deb topildi.

Viloyat hokimi mamlakatimizda yoshlarning faolligini oshirish, ularga koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlik, puxta bilim olish, kasb-hunar egallash, oʻz iqtidor va salohiyatlarini toʻlaqonli namoyon etishlari uchun keng imkoniyat yaratilayotgani, yoshlarni har doim qoʻllab-quvvatlashi va muammolarni bartaraf etishga tayyorligini bildirdi.

Boburbek 2000-yilning 29-sentyabrida Xorazm viloyati Urganch tumanida tugʻilgan. 2003-2013-yillar oraligʻida Ukrainaning Jitomir shahrida yashagan.

2013-yilda oilasi bilan Oʻzbekistonga qaytib, Urganch shahar 5-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 5-sinfiga qabul qilingan. 2019-yilda Urganch Qurilish kasb-hunar kollejni tugatgan. Hozirda Moskva Davlat boshqaruvi institutining 1-bosqich talabasi. U rus, ukrain, turk, tatar, arab va polyak tillarini biladi. 2017-yil 28-sentyabrda Xalqaro Tinchlik generallari Assotsiatsiyasiga qabul qilingan, 2017-yil 4-oktyabrda “Euro star” medali bilan, 2018-yil 2-iyulda Ukraina davlatining “Za rozbudovu Ukraini” ordeni bilan, 2018-yil 2-oktyabrida Butundunyo tinchlik mukofoti bilan taqdirlangan.

2019-yilning 12-oktyabridan Xalqaro “Guzi” tinchlik mukofoti sohibi “Guzi” mukofoti “Nobel” mukofotining Osiyodagi muqobili sifatida tan olingan boʻlib, 2002-yilda Filippinda taʼsis etilgan. “Guzi” mukofoti alohida shaxs yoki jamoaga inson qadr-qimmatini oshirish, dunyoda tinchlik oʻrnatishga qoʻshgan hissasi, ilm fandagi yutuqlari uchun beriladi.

Har yili mingdan ortiq nomzodlar orasida 10-15 nafar nomzodlar “Guzi” mukofoti bilan taqdirlanib kelinadi. Ushbu mukofotning navbatdagi sovrindorlari orasida Buyuk Britaniya, Isroil, Hindiston, Malayziya, Begiya kabi davlat vakillari qatorida eldoshimiz Bobur Egamberganov ham bor. Mukofot bilan taqdirlash marosimi 27-noyabr sanasida Filippinda boʻlib oʻtadi.