Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim mohir sportchilar oilasidan xabar oldi
16:42 / 2019-09-04

Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolov 2020 yil Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXII olimpiya o‘yinlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga puxta hozirlik ko‘rayotgan sportchilar oilasida bo‘lib, ulardan hol-ahvol so‘radi. Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, sovg‘a-salomlar ulashdi.


Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolov 2020 yil Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXII olimpiya o‘yinlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga puxta hozirlik ko‘rayotgan sportchilar oilasida bo‘lib, ulardan hol-ahvol so‘radi. Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, sovg‘a-salomlar ulashdi.

Sportning yengil atletika turi bo‘yicha Braziliyaning Rio-de Janeyro shahrida o‘tkazilgan XXXI olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Sitora Hamidova ana shunday umidli sportchilardan biri. O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi yengil atletika bo‘yicha o‘tgan yillarda bir necha marta O‘zbekiston chempioni bo‘ldi. 2016 yil Rio-de Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XXXI olimpiya o‘yinlarida o‘n ming metrga yugurishda 31.57.77 natija ko‘rsatib, O‘zbekiston rekordini yangiladi. 2017 yil Angliyaning London shahrida o‘tkazilgan Jahon chempionatida 10 ming metrga yugurishda 31.57.47 natijaga erishdi. O‘tgan yili Qozog‘istonning Olma-ota shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro yarim marafon musobaqasida 1.13.47 natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Joriy yilda Toshkent shahrida o‘tkazilgan Xalqaro yarim marafon musobaqasida 1.13.11 natijaga erishib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.

– Opamning shashti qatiy, – deydi Sitoraning singlisi Sumbula Hamidova. – Ayni paytda u kelgusi yil Tokio shahrida o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilib, g‘olib bo‘lish uchun xorijda katta tayyorgarlik ko‘rayotir. Qo‘ng‘iroq qilib turibmiz. Kayfiyati zo‘r. Bugun gaplashganimizda sizlarning hol-ahvol so‘rab kelganlaringizni unga albatta aytib, yana ruhini ko‘taramiz. Sitoraning sharofati bilan shaharning markazida zamonaviy uyli bo‘ldik. Opamni har taraflama qo‘llab-quvvatlayotganlaringiz uchun cheksiz minnatdormiz.

4.jpg

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida kamolga yetgan Sadriddin Saymatov sportning karate WKF turi bo‘yicha Xalqaro toifadagi sport ustasi. U 2009-2016 yillarda bir necha marta O‘zbekiston chempioni, degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi. Bu yil 22 yoshni qarshi olgan yetuk sportchi o‘tgan uch yilda Osiyo, Xalqaro va Jahon musobaqalarida 17 marta ishtirok etib, ularning o‘ntasida faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Ikki marta ikkinchi, to‘rt marta uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. 2017 yil dekabr oyida Germaniyada bo‘lib o‘tgan karate WKF kongressida 60 kilogramm toifasida “Dunyoning eng kuchli sportchisi”, deya e’tirof etilgan.

– Sadriddinning bolalikdan sport bilan shug‘ullanib, xorijda O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarayotgandan haqli ravishda faxrlanamiz, – deydi otasi Sirojiddin Saymatov. – U erishayotgan yutuqlari ortidan kam bo‘lmadi. Mana, shahar hokimi viloyat markazidan keng, shinam uy sovg‘a qildi. O‘g‘limning sharofati bilan biz ham termizlik bo‘lib qoldik. Sadriddin bildirilayotgan katta ishonchni oqlash uchun kelgusi yil Tokio shahrida o‘tkaziladigan olimpiya o‘yinlariga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda. Kuni kecha unga omad tilab, Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi musobaqaga kuzatib qo‘ydik. Kun chiqar mamlakatda ham g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilib, yorug‘ yuz bilan qaytishiga ishonamiz.

Viloyat hokimi mamlakatimiz sharafini dunyo miqyosida munosib himoya qilayotgan mohir sportchilar oilasiga qimmatbaho sovg‘alarni topshirib, ularga muvaffaqiyat tiladi. Jonajon Vatanimiz dovrug‘ini dunyoga keng tarannum etayotgan jismonan sog‘lom, kuchli va chaqqon o‘g‘il-qizlarni tarbiyalab, kamolga yetkazayotgan ota-onalariga chuqur minnatdorchilik bildirdi.