English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Hokim kubogi” musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi
17:21 / 2021-12-02

Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabida 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan badiiy gimnastika va shaxmat bo‘yicha “Hokim kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqani o‘tkazishdan maqsad yoshlarning sportga bo‘lgan mehrini yanada oshirish, ularning sog‘lom turmush tarziga rioya etishini ta’minlash va sportning ommabopligiga erishishdan iborat. Musobaqada 30 nafarga yaqin gimnastikachi qiz va 20 nafardan ortiq shaxmatchi yosh ishtirok etdi. 

O‘ziga xos qizg‘in, murosasiz bahslarda g‘oliblar aniqlanib, ularga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bundan tashqari, tuman hokimligi tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Biz OITSga qarshimiz” shiori ostida yurish marafoni ham tashkil qilindi.

Dovud Abibullayev, O‘zA