Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim kubogi g‘oliblari taqdirlandi
00:46 / 2024-06-02

Termiz shahridagi “Surxon arena” sport majmuasida vohadagi maktablar o‘quvchilari uchun sportning o‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol va qizlar o‘rtasida minifutbol turlari bo‘yicha o‘tkazilgan “Surxondaryo viloyati hokimi kubogi” musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi.

Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov g‘olib jamoalarga kubok, medal va sertifikatlarni tantanali topshirdi.

Futbol bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida faxrli birinchi o‘rinni Sherobod tumani 27-maktab jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rin Qumqo‘rg‘on tumanidagi 24-maktab va uchinchi o‘rin Termiz tumanidagi 36-maktabning yosh futbolchilariga nasib etdi.  

Qiz bolalar o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha birinchi o‘rinni Qumqo‘rg‘on tumanidagi 42-maktab, ikkinchi o‘rinni Boysun tumanidagi 32-maktab va uchinchi o‘rinni Termiz shahridagi 7-maktab jamoalari egalladi.  

Musobaqalar nizomiga ko‘ra, viloyat hokimi kubogi sohibi bo‘lgan jamoa maktabida sun’iy qoplamali futbol maydonchasi bunyod etiladi. Ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan maktab binosi va sport zali, uchinchi o‘rinni egallagan maktab sport zali tubdan ta’mirlab beriladi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri