Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim issiqxonalar qanday isitilayotganini o‘rgandi
09:53 / 2025-12-04

Samarqand viloyatida atmosferaga chiqarilayotgan zararli gazlarni kamaytirish, atrof-muhit musaffoligini ta’minlash borasida zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Ko‘chalarga va qurilish maydonlariga suv sepish, daraxtlarni yuvish bilan birga sanoat korxonalarida chang tozalovchi uskunalar o‘rnatilgani, havoga tashlanmalarni kamaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.

Kecha tunda viloyat hokimi Adiz Boboyev tegishli idoralar mas’ullari va mutaxassislar bilan birga ekologik reydga chiqib, Samarqand tumanidagi bir qator ob’ektlarni ko‘zdan kechirdi.

Jumladan, ko‘mir yoqilg‘isidan foydalanib, isitilayotgan issiqxonalar va dekorativ g‘isht ishlab chiqaruvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatda mo‘rilarga maxsus filtrlar o‘rnatilmagani qayd etilib, bu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha muddat belgilandi. Shuningdek, atmosferaga chiqarilayotgan chiqindi gazlar tarkibini muntazam nazorat qilib borish, yoqilg‘i sarfini ekologik me’yorlarga moslashtirish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tavsiyalar berildi.  

Reyd davomida me’yoriy talablarga javob bermaydigan ob’ektlar faoliyatini to‘xtatish choralari ham ko‘rildi.  

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri