Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim iqtidorli bolalar maktab-internatida “Mustaqillik darsi” ni o‘tdi
16:53 / 2019-09-04

Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati da yangi o‘quv yilining birinchi soati – “Mustaqillik darsi” ni viloyat xokimi Ergash Soliev o‘tdi.


Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati da yangi o‘quv yilining birinchi soati – “Mustaqillik darsi” ni viloyat xokimi Ergash Soliev o‘tdi. 

Viloyat hokimi maktabida o‘tkazilgan birinchi qo‘ng‘iroq tadbirida ishtirok etib, o‘qituvchi va o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu o‘zbek tili va adabiyotiga ixtisoslashgan maktab-internatida 180 nafar o‘quvchi ta’lim olayotir. Boshqa maktablardan farqli bu ta’lim muassasasiga 5-sinfdan boshlab o‘quvchilar tanlab olinadi.

Bu yil ham maktab-internatning 5-sinfiga 30 nafar adabiyotga ixlosmand iqtidorli o‘quvchi qabul qilindi. Hokim ushbu sinfda o‘quvchilariga “Mustaqillik darsi” o‘tdi. 

Hokim darsida Mustaqilligimizning mamlakatimiz, xalqimiz taqdirida buyuk o‘rni, uni amalga oshirish va mustahkamlashda 28 davomida amalga oshirilgan ishlarning mazmun-mohiyati asosiy mavzu bo‘ldi. Dars davomida mamlakatimizda kelajak avlod tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilayotgani, “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi mohiyati, Prezidentimizning besh muhim tashabbusini amalga oshirishda ko‘zlagan maqsadga e’tibor qaratdi. 

Shu o‘rinda davlatimiz rahbari tomonidan iqtidorli yoshlarni kamolga yetkazishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlab o‘tildi. Bu e’tiborga ushbu maktabning tashkil etilishi va yosh iqtidor egalariga yaratilgan sharoitlar ham aynan misol bo‘ladi.