Hokim investorlar bilan uchrashdi
Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev Isroil davlatining "Razore Investments Engineering and Consulting" kompaniyasi vakillarini qabul qildi. Muloqot davomida viloyatda donni qayta ishlash va bu orqali omuxta yem, lizing va glyuten olish, shuningdek, muqobil energiya manbalaridan foydalanishda zarur bo‘ladigan uskunalar ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Ayni jarayonda isroillik investorlar tomonidan viloyatning iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqqan holda quyosh panellari va shamol generatorlari yordamida olinadigan energiyaga bo‘lgan ehtiyoji o‘rganilgach taklif ishlab chiqilishi va ikki tomonlama manfaatli loyiha doirasida investitsiya kiritilishi ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida kelgusida aniq loyihalarni ishlab chiqib, ularni amaliyotga tatbiq etishga kelishib olindi.


Sh.SUYAROV, O‘zA