Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim harbiylar hayoti bilan tanishdi
18:14 / 2023-09-14

Samarqand viloyati hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari Erkijon Turdimov harbiy xizmatchilarning yashash sharoitini o‘rganish va muammoli masalalarga yechim topish maqsadida Markaziy harbiy okrugning Samarqand garnizonidagi harbiy qism va muassasalarda bo‘ldi.

Okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Farrux Ziyaboyev hamrohligida harbiy xizmatchilarning jangovar shayligini oshirish, ularning xizmat faoliyatini olib borishi uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilash va oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi.  

Shuningdek, «Sazog‘on» dala-o‘quv maydonida yangicha usul va uslublarda jangovar mashg‘ulotlarni muntazam olib borish zarurligi ta’kidlandi.  

Bundan tashqari, Samarqand garnizonida joylashgan Qurolli Kuchlar kichik mutaxassislarini tayyorlash markazida kichik mutaxassislarning har tomonlama salohiyatli va yuksak bilimga ega bo‘lishi uchun qulay imkoniyatlar va sharoitlarni yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.  

G‘. Hasanov, O‘zA muxbiri