Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim bog‘cha tarbiyalanuvchilari bilan nonushta qildi
12:45 / 2020-01-31

Toshkent viloyati Qibray tumani hokimi Mira’zam Mirqosimov bog‘cha tarbiyalanuvchilari bilan nonushta qildi.


Toshkent viloyati Qibray tumani hokimi Mira’zam Mirqosimov bog‘cha tarbiyalanuvchilari bilan nonushta qildi. Shuningdek, u maktab o‘quvchilariga dars ham o‘tdi.

Tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, hokim tumandagi “Sevimli bolalar” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurib, bog‘cha faoliyati, xususan u yerdagi bog‘cha tarbiyalanuvchilarining ovqatlanish ratsioni bilan tanishdi.

“Hokim bilan bir kun” loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirda M.Mirqosimov mazkur bog‘cha tarbiyalanuvchilari bilan nonushta qilib, suhbatlashdi.

Tuman hokimi loyiha doirasida shuningdek, tumandagi yaqindagina to‘liq ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirilgan 9-umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchilar bilan dildan suhbat qurdi.

Davra suhbati shaklida tashkil etilgan interfaol darsda hokim o‘quvchilarga mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, maktabda olingan bilimning ahamiyati haqida hayotiy misollar vositasida so‘zlab berdi. Ertamiz egalarining kelgusidagi reja va o‘ylari bilan qiziqib, o‘quvchi-yoshlarga tegishli tavsiya va maslahat berdi. O‘z navbatida o‘quvchilar tuman hokimiga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, atroflicha javob oldi.

Tuman hokimining yoshlar uchun ajratilgan bir kuni hokim va o‘quvchi-yoshlarning poytaxtimizdagi Abdulla Qodiriy muzeyiga tashrifi bilan yakunlandi.