French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim bitiruvchilar bilan muloqot o‘tkazdi
15:52 / 2026-01-29

Andijon viloyati Xonobod shahar hokimi Elyorbek Abdurahmonov umumta’lim maktablari hamda texnikum bitiruvchilari bilan uchrashib, muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda mamlakatimizda yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi, ayniqsa, ularning puxta bilim olishi, kasb-hunar o‘rganishi, o‘z salohiyatlarini to‘laqonli yuzaga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi, bu borada Xonobod shahrida ham keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi ta’kidlandi. 

Muloqot davomida dual ta’lim tizimi doirasida yoshlarning kasb-hunar o‘rganishi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi hamda bandligini ta’minlash masalalari xususida atroflicha so‘z yuritildi. Shuningdek, dual ta’limning afzalliklari, ta’lim jarayonini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish yoshlarning mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha malakali mutaxassis bo‘lib yetishishida muhim o‘rin tutishi aytib o‘tildi. 

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, hozirda Xonobod shahridagi umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda texnikumlarning 700 nafardan ziyod bitiruvchisi dual ta’limga qamrab olingan. 

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob hamda dual ta’lim, amaliy mashg‘ulotlar, ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik, kasb-hunar egallash bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar oldi. 

Yakunda yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, dual ta’lim tizimini yanada kengaytirish yuzasidan mas’ullarga  topshiriqlar berildi.

F.Ubaydullayev,

Z.Umrzoqov (foto), O‘zA muxbirlari