Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim bemorlarni yo‘qladi
09:51 / 2023-08-31

Umumxalq bayramlarining muhim jihatlaridan biri xalqimizni yanada jipslashtirishdir. Bu kunlarda, ayniqsa, mehr-muruvvat, saxovat, bag‘rikenglik kabi fazilatlar yanada yaqqol namoyon bo‘ladi.

Mustaqillik bayrami arafasida Urgut tumani hokimi Botir Jabborov va boshqa mas’ullar hududdagi ehtiyojmand oilalar, bemorlar va nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olib, ularni bayram bilan tabrikladi. Tuman tibbiyot birlashmasi shifoxonalarida davolanayotgan bemorlar hokimning yo‘qlovidan minnatdor bo‘ldi. Bir og‘iz shirin so‘zga mahtal bo‘lib turgan bu insonlar rahbarlarning tabriklarini eshitib, go‘yo dardlariga darmon topdilar.  

– Uzoq yillar maktabda bolalarga dars berdim, – deydi 121 umumta’lim maktabi sobiq o‘qituvchisi Sayyora Safarova. – Hozir pensiyadaman. Faoliyatim davomida ta’lim tizimiga bo‘lgan turlicha munosabatlarning guvohi bo‘lganman. O‘qituvchiga past nazar bilan qaraganlarni ham ko‘rdik. Bugun pedagoglarning maqomi yuksalib borayotgani, jamiyatda o‘qituvchiga ehtirom ko‘rsatilayotgani, bugun bayram arafasida tuman rahbarlari kelib holimizdan xabar olgani ham davlatimiz rahbarining e’tibori natijasidir. Tuman hokimi Urgutda yagona qolgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Bo‘ron Gadoyev xonadonida ham bo‘lib, nuroniy otaxonni bayram bilan tabrikladi.  

 

G‘.HASANOV,  

O‘zA