Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim bemorlarni yo‘qladi
08:02 / 2022-03-22

Navro‘z - yangilanish va yasharish bayrami bo‘lishi barobarida mehr-muruvvat, qadr-qimmat ayyomi hamdir. Xalqimizga xos saxovatpeshalik, bag‘rikenglik fazilatlari bu bayramda yanada yaqqol namoyon bo‘ladi.

Urgut tumani hokimi B.Jabborov va sektor rahbarlari ushbu qutlug‘ kunlarda bu an’anani davom ettirib, yoshi ulug‘ insonlar, bemorlar va ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi.

Jumladan, bugun tumanda yagona bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, ispanzalik Bo‘ron Gadoyev xonadoniga borib otaxon va uning oila a’zolarini Navro‘z bilan tabrikladi, hokimlikning esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasi bolalar bo‘limida davolanayotgan bemorlardan hol-ahvol so‘ralib,  bayram sovg‘alari berildi.

Shundan so‘ng tuman rahbarlari Qoratepa tog‘i etaklarida tashkil etilgan Navro‘z saylida qatnashdi.
 

G‘.HASANOV, O‘zA