Hokim bemorlar holidan xabar oldi
Ramazon hayitini shifoxonada kutishiga to‘g‘ri kelgan bemorlarga bayram kayfiyatini ulashish maqsadida Buxoro viloyati Qorako‘l tumani hokimi Xurshid Tohirov tuman markaziy shifoxonasida davolanayotgan bemorlar holidan xabar olib, ularning muammolariga quloq tutdi.
–Taqdir taqozosi bilan bu yilgi Ramazon hayitini shifoxonada o‘tkazishga to‘g‘ri keldi, –deydi bemorlardan biri. –Bugun tuman hokimi kelib, bizni hayit ayyomi bilan tabriklab, hayitlik sovg‘alari ulashganidan boshimiz ko‘kka yetdi.
Tuman hokimi nogironligi bor erkaklar “Muruvvat uyi”da yashovchi bemorlar holidan ham xabar olib, ularning o‘ksik qalblariga shodlik ulashdi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri