French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hokim aholini faollikka chaqirdi
16:27 / 2024-04-02

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev viloyat aholisiga murojaat yo‘llab, aholini tomorqalardan unumli foydalanish, “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Qayt etilganidek, ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan bog‘dorchilik an’analarini asrab-avaylash, yoshlarga o‘rgatish muhimdir. Shuni e’tiborga olib, har bir xonadon tomonidan 20 tup daraxt ko‘chatini ekish va parvarishlash tashabbusi ilgari surildi. Shu bilan birga, aholining to‘y va boshqa yaxshi kunlarida nihol ekishni an’anaga aylantirish lozimligi aytildi. Buning uchun dastlab har bir mahallada “Mahalla bog‘lari”ni yaratish kerakligi va bunda barchani faollikka chaqirish lozimligi tavsiya qilindi. 

Bunda viloyatdagi 300 ming nafardan ziyod nuroniy joylarda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda aholiga shaxsiy namuna ko‘rsatishi, o‘z maslahatlarini berishi lozim. Murojaat davomida aholi bandligini ta’minlashda bir qator masalalarga e’tibor qaratildi. Xususan, Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Sayxunobod tajribasi” doirasida aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish orqali oilaning daromadini oshirish belgilangan. 

Bundan tashqari, har bir tomorqa egasiga tajribali agronomlar biriktirish va yiliga 2-3 marta yuqori daromadli ekinlar ekishni ta’minlash borasida mahalla mas’ullariga topshiriq berildi. Endilikda issiqxonachilikni rivojlantirish uchun tijorat banklaridan imtiyozli kreditlar ajratishda aholiga ko‘maklashiladi. O‘z navbatida, subsidiya asosida qishloq xo‘jaligi texnikalari, asbob-uskunalari olgan fuqarolar o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinadi. 

Shuningdek, viloyat hokimi jamoat tashkilotlari vakillari, fermer-dehqonlarga mavsumda amalga oshirishi lozim bo‘lgan vazifalarini aytib o‘tdi. 

A.Musayev, O‘zA muxbiri