Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hojilarni kutib olish jarayoni qayerda tashkil etiladi?
14:41 / 2023-07-04

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “Haj – 2023” mavsumini yakunlagan ziyoratchilar joriy yilning 4-22 iyul kunlari yurtimizga qaytib keladi.

Qayd etilishicha, bugun, 4 iyul kuni birinchi guruh ziyoratchilarimiz yurtimizga qaytib kelmoqda.  

Hojilar poytaxtimizdagi "Novza" masjididan tartibli ravishda Toshkent xalqaro aeroportiga kuzatilgan edi. Aynan shu masjidda  ularni kutib olish jarayonlari tashkil etiladi.  

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, yurtdoshlarimiz joriy yil 4-22 iyul kunlari Jidda shahridan O‘zbekistonning 10 ta hududi – Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Qarshi, Termiz, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Urganch va Nukus sari parvoz qilib, qaytib keladi.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA