Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hoji Muin: “Matbuot bir millatni uyg‘otish uchun birinchi omildir” (+video)
10:04 / 2025-02-02

XX asr avvalida Turkistonni mustabidlik iskanjasidan qutqarish, xalqni ma’rifatli qilish, millatni taraqqiy ettirish uchun zahmat chekkan, o‘zbek jurnalistikasi, adabiyoti va san’ati rivojiga hissa qo‘shgan bir qancha ijodkorlarning adabiy, publitsistik faoliyati o‘rganilmoqda, ehtirom ko‘rsatilmoqda.

Hoji Muin Shukrullayev (1883-1942) ana shunday ijodkorlar sirasiga kiradi. U XX asr boshlarida tarix sahnasiga chiqqan Turkiston ma’rifatparvarlari, xususan, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori, Ashurali Zohiriy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat kabilar bilan hamfikr, hammaslak bo‘lib yashadi, o‘z umri va iqtidorini millat ozodligi, yurt ravnaqiga bag‘ishladi.

Hoji Muinning shaxsi, rang-barang ijodiy merosi, publitsistikasining ahamiyati, muharrirlik mahorati, tashkilotchiligi, xalq maorifi yo‘lidagi fidoyiligi, dramaturgiya sohasida e’tiborga loyiq asarlar yaratgani zamonasining ilg‘or fikrli ziyolisi ekanidan dalolatdir. Hoji Muin Mehriy haqida Tarix instituti katta ilmiy xodimi Gulmira Ochilova batafsil ma’lumot beradi.

<iframe width="789" height="444" src="https://www.youtube.com/embed/5P8MZl3aI40" title="Hoji Muin: “Matbuot bir millatni uygʻotish uchun birinchi omildir”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov (video), O‘zA