English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hisob palatasi xodimlari byudjetdan eng ko‘p mablag‘ oladigan 12 ta vazirlikka biriktiriladi
12:48 / 2024-01-16

Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyati mutlaqo qoniqarsiz ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Inspeksiya faqat kamchilik aniqlaydigan idoraga aylanib qolgani, profilaktika bilan esa ishi yo‘qligi, tizimida korrupsiya ulushi yuqoriligi tanqid qilindi.

Byudjet mablag‘ini taqsimlash ham, uni nazorat qilish ham bitta vazirlikda bo‘lishi noto‘g‘ri ekani ta’kidlandi.

Shu bois Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi ham Bosh prokuratura Departamentiga o‘tkaziladi.

Shu bilan birga Hisob palatasi xodimlari byudjetdan eng ko‘p mablag‘ oladigan 12 ta vazirlikka biriktiriladi. Vazirliklarning har bir xarajati ular bilan kelishilgandan keyin amalga oshirilishi belgilandi.  

Umuman, Departament va Hisob palatasi birgalikda ishlab, yashirin iqtisodiyotni jilovlash va byudjet mablag‘larini to‘g‘ri sarflanishi uchun javobgar bo‘ladi.

 

O‘zA