Hisob-kitob sun’iy ravishda kamaytirilishi oqibatida tizimga 1,8 milliard so‘m zarar yetkazilgan
Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” Samarqand hududiy bo‘limi tomonidan Toyloq tuman elektr ta’minoti korxonasida iste’molchilarning elektr energiyasidan foydalanishdagi qoidalarga rioya etilishi yuzasidan tekshiruv o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, tumandagi “O.E” MCHJ tomonidan foydalanilgan elektr energiyasining hisob-kitob ishlari sun’iy ravishda kamaytirilgan holda hisobotlar elektr ta’minoti korxonasiga taqdim etilgani aniqlandi. Buning natijasida elektr ta’minoti korxonasi manfaatlariga jami 1,8 milliard so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Qoidabuzar MCHJga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
O‘zA