Xalqaro media -xollda mamlakatimizdagi muhim siyosiy jarayon – O‘zbekiston Prezidenti saylovini kuzatish uchun yurtimizga tashrif buyurgan bir guruh xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zA muxbiri Yaponiyaning Aichi universiteti vitse-prezidenti Hiroaki Kavabata bilan saylovoldi jarayonlari haqida suhbatlashdi.
– Mamlakatingizga ilk marta tashrif buyurmoqdaman, mening kuzatuv hududim Qaraqalpog‘iston Respublikasi hisoblanadi. Kelishimdan asosiy maqsad saylov jarayonlari bilan bog‘liq tashviqotlar qanday o‘tayotgani haqida batafsil ma’lumot olishdir.
O‘zbekistonda ushbu muhim sanaga tayyorgarlik qizg‘in o‘tayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Saylovchilar o‘z haq-huquqlaridan to‘liq foydalanmoqda.
Yaponiyadan kelar chog‘im, O‘zbekiston Konstitutsiyasi va saylov tizimi haqida o‘qigan edim.
Yaponiyada prezidentlik lavozimi yo‘q, biz respublika ham emasmiz. Bizda kongress bor va biz kongresmenlarni saylaymiz. Men uchun O‘zbekistondagi Prezidentlik saylovlari haqiqatdan ham qiziq. Men yurtingizga kelganimdan va ushbu muhim siyosiy voqeaning guvohi bo‘layotganimdan xursandman.
S. Rahimov, O‘zA