Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Manish Prabxat bilan uchrashuv
10:40 / 2021-08-04

Kuni kecha Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Manish Prabxat hamda Hindiston Madaniyat markazi direktori Chander Shekxar Kinematografiya agentligiga tashrif buyurdi.

Agentlik rahbariyati va mehmonlar ishtirokidagi uchrashuvda joriy yil o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalini o‘tkazish, unda hind kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan filmlar namoyishi va shu kabi masalalar haqida so‘z bordi. Shuningdek, uchrashuv davomida mamlakatimizda “Hind kino kunlari”ni o‘tkazish hamda bundan keyin hamkorlikda mahorat darslari, treninglar, kinonamoyishlarini muntazam o‘tkazib turishga to‘xtalishdi.

Uchrashuvdan so‘ng hind vakillari  “O‘zbekiston kino san’ati” muzeyi, undagi uzoq yillik eksponatlar bilan tanishidi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati 

O‘zA