Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindistonning Falastinga nisbatan pozitsiyasi o‘zgarmagan
12:06 / 2023-12-10

“Hindiston vaqti” (Hindustan times) nashri keltirishicha, tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye bilan telefon orqali muloqot qilib, Nyu-Dehlining Falastin davlatiga nisbatan pozitsiyasi o‘zgarmaganini tasdiqladi.

– Men Hindistonning Falastin bo‘yicha uzoq yillik pozitsiyasini yana bir bor ta’kidladim, biz aloqani davom ettirishga kelishib oldik, - dedi vazir.

Respublika TIV rasmiy vakili Arindam Bagchi avvalroq brifingda aytib o‘tganidek, Hindiston har doim “xavfsiz va tan olingan chegara ichida mustaqil va yashovchan Falastin davlati”ni barpo etish bo‘yicha to‘g‘ridan-o‘g‘ri muzokarani qayta boshlash tarafdori bo‘lib kelgan.