Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindistonlik o‘z dafn marosimida ko‘zini ochdi
16:16 / 2020-12-23

Hindistonda marhum uni dafn qilishga tayyorgarlik ketayotgan chog‘da hushiga keldi, deb yozadi mahalliy “Samayam” nashri.

Voqea Chittur tumanida sodir bo‘ldi. Qishloqlarning birida erkakni daraxt tagida hushsiz yotganda topishgan. U ayni holatda ikki kun yotgan.

Shu yerlik aholi vakillari xabar bergach, mahalliy hukumat vakillari voqea joyiga yetib kelib, erkakni ko‘zdan kechirgan va uning o‘lganini tasdiqlagan.

“Marhum”ni  qishloq chetiga dafn qilishga hozirlik ko‘rilayotgan paytda u ko‘zini ochgan va joyidan turgan. Shundan keyin yo‘lovchi zudlik bilan kasalxonaga olib ketilgan. Keyinchalik xabar berilishicha, bemor bir kun o‘tib baribir hayotdan ko‘z yumgan. Ayni payt politsiya ushbu hodisa yuzasidan surushtiruv ishlarini olib bormoqda, deyiladi xabarda.