Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindistonlik operator o‘zbek filmini olmoqda
12:47 / 2021-04-24

O‘zbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Central Asian Trade Company” (CATC) hamda "Dilshoh media" kinostudiyalari hamkorligida “Ayol qismati” badiiy filmi suratga olinmoqda.

Ijodiy jamoada hindistonlik operator Aman Panjre ham bo‘lib, u hozir film ijodkorlari bilan birga suratga olish ishlarini  olib bormoqda. Ijodiy jamoaning aytishicha, u o‘z kasbini sevadi, har ishga ijodiy yondashadi.

Film adashib Suriyaga ketgan vatandoshlarimizni yurtimizga qaytarish yuzasidan amalga oshirilgan maxsus operatsiya haqida. Unda xorijga ketgan ayolning ayanchli taqdiri, vataniga qaytishdagi kechinmalari hikoya qilinadi.  

Ssenariy mualliflari Dilmurod Masaidov hamda Sardor Hamroyev, postanovkachi rejissyor Dilmurod Masaidov, postanovkachi operator Husan Aliyev, rassom Husayn Eshniyozov, prodyuser Mahmud Erkaboyev, liboslar bo‘yicha rassom Sevara Zunnunova, kartina direktori Azizbek Azatbayev.

G. Nusratova,

O‘z JOKU talabasi