Hindistonlik mashhur kinoaktyor Dharmendra vafot etdi
Bugun Bollivud kinoaktyori va prodyuseri Dharmendra Mumbay shahrida 90 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda “PTI” axborot agentligi.
Ta’kidlanishicha, o‘lim qisqa muddatli kasallikdan keyin sodir bo‘lgan.

Aktyor kinodagi 60 yillik faoliyati davomida 300 dan ortiq filmlarda rol o‘ynagan.
Dharmendra hind filmlarining “eng romantik va sirli qahramoni” deb hisoblangan. U ishtirokidagi so‘nggi film joriy yilning dekabr oyida chiqishi rejalashtirilgan.

G.Sattorova, O‘zA