Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindistondagi samolyot halokati sababi e’lon qilindi (+video)
18:57 / 2025-07-14

12 iyun kuni Hindistondan Londonga parvoz qilayotgan “Boing-787” samolyoti Ahmadobodda halokatga uchragan edi. Uchoq sahnidagi 230 yo‘lovchidan faqat bir kishi tirik qolgan.

Mamlakat Havo hodisalarini tekshirish byurosi shu haqda e’lon qilgan dastlabki hisobotga ko‘ra, “Air India” havo kemasining yonilg‘i taqsimlash kaliti halokatdan oldin o‘chib qolgan. Samolyot havoga ko‘tarilgandan so‘ng birinchi va ikkinchi dvigatelga yonilg‘i taqsimlash tugmasi bir soniya ichida “ochiq” holatdan “yopiq” holatga o‘tgan. Ya’ni, ikkala dvigatelga ham yonilg‘i bormay qo‘ygan.

– Nosozlik samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan havoga ko‘tarilgandan so‘ng yuz bergan, – deyiladi xabarda. – Uchuvchilar xatoni tuzatish uchun taqsimot “kaliti”ni darhol ochiq holatga o‘tkazishgan.

Afsuski, vaqt boy berilgan edi: uchoq yetarli darajada ko‘tarila olmay, pastga sho‘ng‘iy boshlagan. Pilotlardan biri xalqaro avariya signalini uzatgan, biroq allaqachon balandlikni yo‘qotgan samolyot quvvatini tiklay olmay, havoga ko‘tarilgandan 30 soniya o‘tib pastga qulagan.

Shuningdek, xabarda kabinadagi ovoz yozish moslamasi ma’lumotidan ham iqtibos keltirilgan: Uchuvchi sherigidan nega yonilg‘i ta’minoti tugmasini o‘chirib qo‘yganini so‘raydi. Ikkinchi uchuvchi bunday qilmaganini aytadi. Hisobotda kalit qanday qilib “yopiq” holatga kelishi mumkinligi haqida hech narsa deyilmagan.

Umuman, yonilg‘i taqsimlash kaliti qay holatlarda o‘chirib qo‘yiladi? Bunday buyruq odatda parvoz payti dvigatel ishdan chiqqan taqdirda beriladi. Aviatsiya mutaxassislari ta’kidlashicha, rejimni tasodifan o‘zgartirishning iloji yo‘q. Eksertlar tekshiruvi davom etyapti. “Air India” aviakompaniyasi halokatni tergov qilishda rasmiylar bilan faol hamkorlik qilayotgani ta’kidlangan.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/PF5qQ9yafuA" title="Hindistondagi samolyot halokati sababi e’lon qilindi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

K.Bekjonov, O‘zA