Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindistondagi mashhur restoranlardan birida yong‘in kelib chiqdi
12:59 / 2025-12-08

“Arab News” xabar berishicha, Goaning mashhur restoran klubida kechasi sodir bo‘lgan yong‘inda kamida 25 kishi halok bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, yong‘in shtatning Arpora shahrida yuz bergan.

Goa shtati rahbari Pramod Savant qurbonlarning aksariyati bo‘g‘ilishdan vafot etgani, yana olti kishi kasalxonaga yotqizilganini aytdi.

– Bu o‘lkamizdagi juda ayanchli hodisa, - dedi u “NDTV” yangiliklar kanaliga.

Arpora sobiq meri o‘rinbosari Kleofas Fernandes qurbonlarning aksariyati klubning yer osti oshxonasida qamalib qolganini aytdi.

– Yong‘in birinchi qavatda, oshxona esa yerto‘lada bo‘lgan, -dedi u. – Alanga avj olganida yerto‘ladagi odamlar nima bo‘layotganini anglamagan, keyin esa ular tutundan bo‘g‘ilib qolishgan.

Hind diyorining qirg‘oqbo‘yi shtati bo‘lgan Goa mashhur sayyohlik maskanlaridan biri hisoblanadi. Hududdagi “Birch by Romeo Lane” tungi klubi esa ayniqsa mashhur. U Arpora daryosi bo‘yida joylashgan bo‘lib, tor kirish va chiqish yo‘liga ega, bu esa o‘t o‘chiruvchilarning voqea joyiga vaqtida yetib borishini kechiktirgan.

M.Pirmatova, O‘zA