Hindistonda to‘rt qavatli bino qulab tushdi
Hindiston poytaxtida to‘rt qavatli bino qulashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
"NDTV" telekanali ma’lumotiga ko‘ra, 14 kishi qutqarib olingan.
Mahalliy politsiya vakili Sandip Lamba aytishicha, taxminan 8-10 kishi hamon vayrona ostida.
Tabiiy ofatga qarshi kurash milliy kuchlari qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotganini ma’lum qildi.
Dehli munitsipaliteti rahbari Mahesh Kumar Xinchi mas’ul rasmiylarga tergov boshlash va e’tiborsizligi aniqlanganlarni lavozimidan olishni topshirgan.