English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindistonda tasodifan Pokistonga qarata raketa uchirgan uch nafar harbiy vazifasidan bo‘shatildi
16:39 / 2022-08-24

Hindiston mudofaa vazirligi Pokiston hududiga qarata tasodifan BrahMos raketalarini uchirgan uch nafar zobitni ishdan bo‘shatdi.

 "Ish holatini o‘rganib chiqish uchun tashkil etilgan tergov sudi uch zobitning noto‘g‘ri harakati raketalarning tasodifan uchirilishiga olib kelgan, degan xulosaga kelgan. Voqea bo‘yicha uch zobit javobgarlikka tortilgan. Ularning xizmati Hindiston hukumati tomonidan to‘xtatildi. Qaror tezda kuchga kiradi", – deb xabar tarqatdi armiya matbuot xizmati.

Pokiston armiyasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, shu yilning 9 martida oqshom payti mamlakat harbiy havo kuchlari Hindiston hududidan “yuqori tezlik bilan uchayotgan ob’ektni” payqashgan. Ob’ekt parvoz vaqtida yo‘nalishini o‘zgartirib, Pokiston hududiga, Mian-Channu shahri yaqiniga kelib tushgan. Voqea tufayli hech kim jabrlanmagan yoki qurbon bo‘lmagan.

Pokiston tashqi ishlar vazirligi Hindistonning Islomoboddagi vaqtinchalik ishonchli vakilini chaqirib, mamlakatning havo hududi Hindistonga tegishli “yuqori tezlikda uchadigan ob’ekt” bilan buzilgani uchun qat’iy norozilik bildirganini ma’lum qildi.

Keyinroq Hindiston mudofaa vazirligi Pokiston tarafga tasodifan raketa uchirilganini tasdiqladi. Vazirlikning ma’lum qilishicha, voqeaga rejali texnik xizmat ko‘rsatilishi jarayonida texnik nosozlik sabab bo‘lgan. Tovushdan tez uchadigan BrahMos – raketasi Rossiya va Hindistonning qo‘shma loyihasi hisoblanib, 1998 yilda ishlab chiqilgan.