English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindistonda tarqalayotgan Nipah virusi Osiyoda xavotir uyg‘otmoqda (+video)
19:20 / 2026-01-27

27 yanvar, dunyo OAVlaridagi eng muhim xabarlar bilan “Xorij xabarlari” dasturida tanishing.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/nz6u6Op0Db4" title="Hindistonda tarqalayotgan Nipax virusi Osiyoda xavotir uyg‘otmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kaliforniya federal sudi Google arizasini rad etdi

Federal sud Googleʼning arizasini rad qildi. Iste’molchilar da’vo qiladilarki, kompaniya Apple va Android ishlab chiqaruvchilari bilan kelishuvlari orqali qidiruv bozorida ustunlikka erishgan. Eksklyuziv hamkorliklar alternativ platformalarning rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan. Sud hozircha 2017 yilgacha bo‘lgan da’volarni ko‘rib chiqmadi.

Hindiston Yevropa avtomobillari importini ochmoqda

Hindiston Yevropa Ittifoqi bilan erkin savdo kelishuvi arafasida Yevropa avtomobillari importiga qo‘yilgan boy stavkalarini pasaytirmoqda. Hozir 70–110% bo‘lgan stavkalar dastlab 40%ga tushiriladi, keyin esa bosqichma-bosqich 10%ga kamayadi. Birinchi bosqichda 15 ming yevrodan yuqori narxdagi avtomobillar qamrab olinadi; elektromobillar dastlab besh yil imtiyozdan chetda qoladi.

Eron har qanday hujumga keng javobga tayyor

Eron TIV Tehron har qanday hujumga keng ko‘lamli javob berishi mumkinligini ma’lum qildi. Vazirlik vakili Ismoil Bekeyning aytishicha, mamlakat o‘z imkoniyatlariga ishonadi va har qanday tajovuzga javob avvalgidan ham keng va jiddiy bo‘ladi.

Liviya 100 ta yangi neft va gaz quduqlarini ochadi

Liviya 2026 yilda 100 ta yangi neft va gaz quduqlarini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.  

O‘tgan yili esa 30 dan ortiq quduq ochilgan. 2025 yil noyabrida 17 yilda birinchi marta 22 ta blokda, ularning 11 tasi quruqlikda va 11 tasi dengizda, neft va gaz qidirish va qazib olish bo‘yicha tender o‘tkazilgan.

Hindistonda Nipah virusi xavfi

Hindistonning G‘arbiy Bengal shtatida Nipah virusi tarqaldi. Tailand va Nepalda aeroportlarda Hindistondan keluvchi yo‘lovchilar tekshirilmoqda. Hozirgacha 5 ta tibbiyot xodimi virusga chalingan, ulardan biri og‘ir ahvolda; 110 kishi karantinga olingan. Virus hayvondan insonga yuqadi va insondan ham tarqalishi mumkin; o‘lim ko‘rsatkichi 40–75%. Vaksina yoki davo mavjud emas.

AQSHda migratsiya nazorati kuchaymoqda

ICE (Immigratsiya va Bojxona nazorati) noqonuniy migrantlarni ushlash va deportatsiya qilishni kuchaytirdi. Kaliforniyada 2025 yilda kamida 8 250 kishi deportatsiya qilindi. Operatsiyalar faqat chegaralarda emas, ichki shaharlarda ham olib borilmoqda, bu esa odamlar va bizneslar ustidan bosimni kuchaytirmoqda.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Xitoyga boradi

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer 28–31 yanvar kunlari Xitoyga rasmiy tashrif bilan boradi. Tashrifda siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlash, savdo va investitsiya hamkorligini kengaytirish, shuningdek global xavfsizlik, iqlim o‘zgarishi va pandemiyalarga qarshi kurash masalalari muhokama qilinadi.

Nozimbek Mardonov, Oybek Davronov O‘zA