English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindistonda soxta bank xodimlari 800 ming dollarlik pulni “uxlatdi”
17:52 / 2025-11-25

Hindistonning Bangalor shahrida 70 million rupiy (taxminan 800 ming dollar) atrofidagi o‘g‘rilik butun mamlakat bo‘ylab keng rezonans uyg‘otdi, deb xabar bermoqda “BBC” nashri.

Gap shundaki, talonchilar bankomatlarga naqd pul yetkazib beruvchi maxsus mashinani tekshiruv bahonasida to‘xtatib, o‘zlarini “Reserve Bank of India” xodimlari sifatida tanishtirgan va pul solingan qutilarni osongina qo‘lga kiritishgan

Ta’kidlanishicha, ular rejani puxta tuzgan: vaqti-vaqti bilan mashinalarni bir necha bor almashtirgan, eng kam kuzatuv kamerasi bo‘lgan joylarni tanlab soxta raqamlar ishlatishgan.

“Afsonaviy” reja amalga oshganidan so‘ng, Karnataka shtati va qo‘shni hududlarda yirik qidiruv operatsiyasi boshlandi. Natijada, hozirgacha to‘qqiz kishi qo‘lga olingan.

Gumondorlar orasida “CMS” kompaniyasi xodimi Gopal Prasad, uning sobiq hamkasbi J.Xaviyer va hatto mahalliy politsiya zobiti Annappa Naik ham borligi jinoyat ichkaridan yordam olgan holda uyushtirilgani ayon bo‘lmoqda.

Politsiya komissari Semant Kumar Singxning aytishicha, naqd pul tashuvchi mashinalar bir xil yo‘nalish va bir xil vaqtda harakatlanishi – talonchilik uchun qulay imkon yaratgan.

Hodisa o‘lkadagi eng yirik va puxta rejalashtirilgan o‘g‘riliklardan biri sifatida qayd etilmoqda. Tergov davom etar ekan, politsiya hali qo‘lga olinmagan boshqa gumondorlar ham borligini istisno etmayapti.

Musulmon Ziyo, O‘zA