Hindistonda qurilish krani qulab, 17 kishi halok bo‘ldi
Hindistonda qurilish krani yiqilishi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi jarohat oldi.
Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, voqea kecha tunda Maxarashtra shtatida, Mumbay yaqinidagi avtomagistral qurilishi vaqtida yuz bergan. Moslama qulaganda beton konstruksiyasi to‘plami ag‘darilib, bir necha ishchi vayrona ostida qolgan.
Hindiston hukumati qurbonlar va jarohatlanganlar oilasiga moddiy yordam ko‘rsatishga va’da berdi. Voqea yuzasidan tergov boshlangan.
O‘zA