Hindistonda Prezident saylovi boshlandi
Davlat rahbari lavozimiga ikki nomzod – Milliy demokratik alyansidan Draupadi Murmu va “Butunhindiston Trinamul” partiyasidan Yashvant Sinx da’vo qilmoqda, deb xabar bermoqda TASS agentligi.
Ovoz berishning yakuniy hisob-kitobi 21 iyul kuni barcha byulletenlar poytaxtga keltirilgandan keyin amalga oshiriladi.
Hindistonda ovozlarni hisoblab chiqish anchagina murakkab jarayon, chunki har bir saylovchining ovozi uning qaysi shtat aholisi nomidan ishtirok etayotganiga qarab turlicha hisoblanadi.
Amaldagi Prezident Rama Natxa Kovindaning vakolati 24 iyulda nihoyasiga yetishi aytilmoqda va Konstitutsiyaga asosan ushbu ko‘rsatilgan sanagacha yangi Prezident saylangan bo‘lishi lozim.
Yangi Prezident 25 iyulda qasamyod qabul qiladi.