Hindistonda poyezd izidan chiqdi, qurbonlar bor
Hindistonda yoʻlovchi poyezd izdan chiqib ketishi oqibatida kamida yetti kishi vafot etdi, bir necha kishi jarohatlandi, deya xabar beradi Hindustan Times
Hindistonda yoʻlovchi poyezd izdan chiqib ketishi oqibatida kamida yetti kishi vafot etdi, bir necha kishi jarohatlandi, deya xabar beradi Hindustan Times.
Xabarda aytilishicha, voqea yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan 03.58 da Bixar shtatida sodir boʻlgan. Maʼlumotlarga qaraganda, toʻqqizta temir yoʻl vagonlari izidan chiqqan. Rasmiylarga koʻra, voqea sodir boʻlgan paytda poyezd toʻliq tezlikda harakatlanayotgan edi.
Hodisadan soʻng yoʻnalishdagi barcha yoʻlovchi poyezdlarining harakati toʻxtatildi. Jarohatlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga yotqizilgan.