Hindistonda portlash, yana kimyo zavodi...
Hindistonning Telangana shtatidagi kimyo zavodida reaktor portladi va yong‘in chiqdi. Natijada 10 kishi halok bo‘ldi.
"Press Trust of India" agentligi yozishicha, hodisa Pashamaylaram tumanida joylashgan "Sigachi Industries" korxonasida sodir bo‘lgan.
Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruv guruhi yetib borgan.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, kamida 12 ishchi jarohat olgan.
"Telangana Today" nashri ayrim xodimlar bino ichida qolib ketgan bo‘lishi mumkinligini istisno qilmagan. Qidiruv davom etyapti.