English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindistonda pilla bozorda sotiladi
15:13 / 2018-09-28

Xalqaro ipakchilik komissiyasi tomonidan Hindistonning Bangalor shahrida tashkil etilgan oʻquv seminarda “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi vakillari ham ishtirok etmoqda.



Xalqaro ipakchilik komissiyasi tomonidan Hindistonning Bangalor shahrida tashkil etilgan oʻquv seminarda “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi vakillari ham ishtirok etmoqda. Unda Hindistonlik fermerlardan ishlab chiqarilgan pillani sotish tizimi boʻyicha qiziqarli tajriba oʻrganildi.

– Karnatuka shtatining Ramanagara shahrida pilla xomashyosi sotiladigan ulgurji bozor bor, –deydi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi vakili Mirkomil Sagatov. – Atrofdagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan fermerlar pilla xomashyosi tayyor boʻlgandan soʻng, mahsulotlarini shu yerga olib kelib, maxsus idishlarga solib, xaridorlarga namoyish qiladi. Xaridorlar mahsulotlarni oʻrganib, “kim oshdi” savdosi orqali boshlangʻich bahodan kelib chiqib, oʻzlarining sotib olish bahosi va hajmi boʻyicha taklif etadilar. Ushbu tajriba bizga yoqdi.

Maʼlumotlarga koʻra, Hindistonda davlat tasarrufidagi yirik pillani qayta ishlash korxonalari ham, xususiy pillani qayta ishlash korxonalari ham bir xil talablar asosida mahsulot xarid qiladi va qayta ishlaydi. Shu bois ham ulgurji bozorlar Hindistonning yirik pilla ishlab chiqaruvchi hududlarida mavjud boʻlib, yilning istalgan davrida ishlab chiqaruvchilar uchun tirik pilla xomashyosini xarid qilish imkonini beradi.
Ayni vaqtda bu bozorda pilla xomashyosining turli rangdagi, ipakchanligi har xil boʻlgan bir nechta turi sotilmoqda. Ipakchanligi yuqori boʻlgan xomashyoning nisbatan yuqori baholarda yirik pillani qayta ishlash korxonalari xarid qilsa, ipak tolalarining bir oʻram uzunligi 200-300 metrdan oshmaydigan pilla xomashyosining nisbatan pastroq baholarda kichik ishlab chiqaruvchilar va kasanachilar xarid qilib, mahsulot ishlab chiqaradi.

photo5289879342245063078.jpg

photo5291942910822033833.jpg