Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindistonda O‘zbekistonning turizm qishloqlari va mahallalari e’tirof etildi
12:03 / 2023-03-25

Hindistonning Uttar-Pradesh shtati Varanasi shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar turizm ma’muriyati rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek A’zamov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etgan tadbirda milliy turizm tarmog‘i salohiyati taqdim etildi. Shuningdek, yangi turistik yo‘nalishlar yaratish, logistika imkoniyatini takomillashtirish va SHHT mamlakatlari o‘rtasida sayyohlik oqimini tiklash chora-tadbirlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Ishtirokchilar O‘zbekistonning turizm salohiyati yuqori ekanini e’tirof etishdi. Xususan, yurtimizning o‘ziga xos turmush tarzi va boy madaniyati, turistik qishloqlari va mahallalari, ko‘chalari, betakror hunarmandlik an’analariga ega chekka qishloqlarda barqaror turizmni rivojlantirish tajribasiga alohida e’tibor qaratildi.

Anjuman yakunida SHHTga a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida 2023 yil turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar rejasi va davlatimiz rahbari tashabbusi bilan SHHTning Samarqand sammitida ilgari surilgan “SHHT makonida turizmni rivojlantirish yili”ga oid tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Delegatsiyamiz Varanasi shahrining “SHHT madaniy va sayyohlik poytaxti” etib e’lon qilinishiga bag‘ishlangan madaniy tadbirda ham qatnashdi.

O‘zA